Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi

Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi
Ru  |  Uz  |  En

Sergey Yesenin: “Baribir bu Samarqand emas!”

Oktabrda taniqli rus shoiri Sergey Yesenin tavalludiga 120 yil to‘ldi. Uning hayoti va ijodida mamlakatimiz, jumladan, Toshkent hamda Samarqandga tashrif muhim o‘rin tutadi, deya xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.

Yesenin Toshkentga 1921-yil, 14-mayda, do‘sti Aleksandr Abramov oldiga kelgan. Bu yerda o‘tkazilgan yigirma kun davomida u ijodiy uchrashuvlarda qatnashish, Eski shahar, O‘rdani kezish, Norbekovlar xonadonida o‘zbek kuy-qo‘shiqlaridan bahra olishga ulgurdi. Taassurotlari unga Sharq muhitiga oshno bo‘lish, mashhur “Fors mavzulari” turkumini yozishiga turtki bo‘ldi.

Shoir ikki kun davomida Samarqandda ham bo‘lib, bu yerdagi obidalar va osori-atiqalar bilan tanishdi. Bu tashrif uni shu qadar hayratga soldiki, oradan bir yil o‘tib Italiyaga sayohat qilgan Yesenin “Baribir bu Samarqand emas!” deya qayta-qayta ta’kidladi.

1942-yildan boshlab Toshkentda shoirning qizi, jurnalist va yozuvchi Tatyana Yesenina ham farzandlari hamda nabiralari bilan istiqomat qilgan. Poytaxtda 50 yil davomida yashagan hamda “Pravda Vostoka” gazetasida mehnat qilgan Yesenina otasining uy-muzeyi ochilganda uning hayoti va ijodiga bog‘liq noyob eksponatlarni tortiq qildi.

https://daryo.uz/