Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi

Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi
Ru  |  Uz  |  En

Toshkentda ijod etgan mashhur rus adiblari

Toshkent qadim qadimdan ijodkorlar intilgan maskandir. XX asrning suronli yillari, ayniqsa ikkinchi jahon urishi davrida Rossiyaning qator hududlaridan evokuvatsiya qilingan rus ijodkorlarning aksariyati bu erda bir muddat yashab, davolanib, o’zlarining jahon adabiyotidan o’rin olgan asarlarini yaratgani bejiz emas. Aksariyati esa Shoshni o’zlarining vatani deb bildilar. Masalan, butun dunyo xalqlari she’rlarini sevib o’qiydigan Sergey Yesenin 1921 yilning 13 mayidan 3 iyuniga qadar Toshkentda do’sti shoir Aleksandr Shiryaevtsnikida mehmon bo’lgan. O’sha yillarni xotirlab, V. I. Volpin shunday deb yozgan edi: “Turkistonga Yesenin o’zining do’sti Kolobov, partiyaning mas’ul xodimi bilan birgalikda kelib, keyinchalik Samarqand, Buxoro vva Poltoratsk (Ashxobod) ga bordi”. 1921 yilning 14 mayida S.Yesenin A. Shiryaevtsev va toshkentlik shoir Pavel Drujinin (1890 – 1965) bilan birgalikda toshkentlik yozuvchi Semyon Okovning Lunacharsk nomidagi ijodiy uyda bo’lib o’tgan kechasiga tashrif buyurishdi . Toshkenta Yesenin bir necha marotaba Toshkent shoirlar uyushmasiga borib, uning a’zolari bilan uchrashgan va o’z kitoblarini sotuvga qoldirgan. Shuningdek shoir Toshkentning eski shahar qismida ham bo’lib, u erda asosan Shayxontohurdagi choyxonalarda o’z do’stlari bilan uchrashaganligini esa rassom F.Lixoletovning qaydnomalaridan o’qish mumkin.


* Anna Axmatova — mashhur rus shoirasi Toshkentda 1941 yilning kuzidan 1945 yilning may oyiga qadar yashab, ijod etgan;

* Aleksandr Soljenitsn — 1970 yilning Nobel mukofotining sovrindori, mashhur rus yozuvchisi 1954 yilning yanvar oyidan mart oyigacha Toshkentda bo’lib, ToshMIda davolangan. Aynan davolanish jarayonida ko’rgan bilganlari uning mashhur “Saraton korpusi” (“Rokovy korpus”) asarini yozishga turki bergan.

* Iosif Brodskiy —1987 yilda Nobel mukofotini qo’lga kiritgan shoir 1958 yilda Toshkentda bo’lib, bir nechta o’zining ijodiy kechalarini o’tkazgan.

* Aleksandr Shiryaevets (1887 — 1924) — Sergey Yeseninning do’sti. 1908 yili Aleksandr Shiryaevtsning ilk she’rlari va hikoyalari «Turkestanskiy kurer» jurnalida chop etilgan. 1922 yilga qadar Toshkentda telegrafda ma’mur bo’lib ishlagan.

* Pavel Drujinin — (1890 – 1965) — rus shoiri, yozuvchisi 1921 yilda Sergey Yesenin bilan tanishib, uning Toshkentdagi faoliyati haqida xotiralar yozib qoldirgan.

* Nikolay Rubtsov — rus sovet lirik shoiri. 1954 yilning yozida Toshkentda bo’lib, ijodiy muhitni o’rgangan.

* Konstantin Simonov — sovet yozuvchisi, shoir va jurnalist. 1958 yildan 1960 yilga qadar Toshkentda O’rta Osiyo bo’yicha “Pravda” gazetasining muxbiri sifatida faoliyat yuritgan..

* Valentin Vladimirovich Ovechkin — (9 (22) iyun 1904 (Taganrog) — 27 yanvar 1968 (Toshkent)), sovet dramaturgi, jurnalist 1960 yili Toshkentga ko’chib keladi va shu erda vafot etib, Toshkentda dafn etiladi.

* Boris Andreevich Lavrenyov — mashhur sovet yozuvchisi va dramaturgi. Turkistonda Qizil Armiya safida jang qilib, “Qizil yulduz” gazetasining bosh muharriri ham bo’lgan. XX asrning 20 yillarida Toshkentda yashagan. Uning ilk “Isyon” pesasi 1925 yilda Toshkentda sahnalashtirilgan.

* Oleg Vasilevich Sidelnikov —sovet, rus yozuvchisi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent universitetining yuridik va tarix fakultetlarini bitirgan. Uning «Mistera Sparrou kashfiyoti» (Toshkent, 1965) va «Inkognitova qaydlari» (Toshkent, 1983) asarlari Toshkentda yaratilgan.

* Korney Ivanovich Chukovskiy — bolalar yozuvchisi Toshkentda Ikkinchi jahon urushi yillari, evakuatsiyada yashab, ijod etgan.

* Aleksey Nikolaevich Tolstoy — rus yozuvchisi. Toshkentda evakuatsiyada bo’lgan va aksariyat asarlarini shu erda yaratgan.

* Sergey Petrovich Tatur — O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, yozuvchi. “Zvezda Vostoka” jurnalisning bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

* Dmitriy Antonovich Saxarov — shoir, tarjimon, bard — ijodiy taxallusi Dmitriy Suxarev. Rossiyalik biolog olim 1930 yili Toshkentda tugilgan. Toshkent va Chimyon haqida ko’plab esse va she’riy asarlar muallifi.

* Vladimir Vasilevich Karpov — taniqli rus yozuvchisi, publitsiyast va jamoat arbobi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi— Sobiq Sovet Ittifoqi qahramoni. 1940 yil Toshkentda tahsil olgan. 1966 yildan 1973 yilgacha O’zbekiston SSR Davlat matbuot qumitasining bosh muharrir o’rinbosari bo’lib ishlagan.

* Eduard Grigorevich Babaev — MDU professori, Toshkent haqida qator she’rlar muallifi.

* Faina Grimberg — yozuvchi, shoir, tarjimon. 1951 yili Akmolinsk shahrida tug’ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan. Rossiya va Bolgarich munosabatlari bo’yicha qator asarlarning muallifi.

* Aleksand Faynberg — 1939 yil 2-noyabr Toshkent tug’ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (2004). Toshkent Davlat Unversitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1965). O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslaxatchi (1965-69). “Etyud” (1967), “Soniya” (1969), “She’rlar” (1977), “Olis ko’priklar” (1978), “Ijobat” (1982). “Qisqa to’lqin” (1983), “Yoymato’r” (1984), “Erkin sonetlar” (1990) va bilan she’riy to’plamlar muallifi. Faynbergning she’riy ijodida o’tmish bilan hozirgi kun, G’arb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik o’zaro tutashib, o’ziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. O’ndan ortiq she’riy to’plamlari Toshkent, Moskva va Sankt – Peterburgda nashr etilgan. Shoir qalamiga mansub ettita badiiy filmlar stsenariysi o’ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Yigirmadan ziyod multfilmlar, nasriy asarlar muallifi. U rusiyzabon kitobxonlarga ko’plab o’zbek shoirlarining ijodi ochib berdi. Moskvada O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» poemasi, Toshkentda «Oqqushlar galasi» nomli o’zbek shoirlari ijodidan qilingan tarjimalar jamlanmasi nashr etildi. Aleksandr Faynberg Rossiya Prezidenti Farmoni bilan Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi madaniy aloqalarga munosib hissa qo’shganligi uchun Pushkin medali bilan taqdirlangan (2009 ). Shoir 2009 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.

https://nargis.uz