Sergey Yesenin
Jo‘shqin lirik va chinakam xalqona shoir Sergey Yesenin ijodi rus adabiyotshshng yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi. U sovet davri talablari quyushqoniga tushmagan va tushishni istamagan, erkatoy va tanti, ammo mislsiz iqtidorli shoir edi. Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog‘ida tavallud topgan shoir umrining oxirigacha dehqon-shoir, rus qishlog‘i hayoti va tabiat kuychisi bo‘lib qoddi. 1924 — 25 yillarda shoir O’rta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda bo‘lgan, qisqa bo‘lsa-da, Toshkenda ham yashagan. Yeseninning «Fors taronalari» deb nomlangan she’rlar turkumi ana shu o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. Bu she’rlar turkumini o‘zbek tiliga Erkin Vohidov o‘girgan. Yeseninning «Anna Snegina» nomli mashhur poemasi Botumi shahrida yozilgan. Uning «Go‘daklikdan ma’lum har odam» she’ri asosida kurashchanlik g‘oyasi yotadi.