My CMS

Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi
Ru  |  Uz  |  En

Sergey Yesenin muzeyiga ekskursiya

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining 2-boskich kursantlari Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi rus tili о‘qituvchilari Feruza Mannanova va Gulsanam Sobirovalar rahbarligida atoqli rus shoiri Sergey Yeseninning Toshkent shahridagi muzeyiga ekskursiya tashkil qilishdi.

Ekskursiya davomida kursantlar Sergey Yesenin muzeyining yaratilish tarixi, rus shoirining Toshkentda bо‘lgan davridagi hayoti va ijodi, uning tarjimai holidagi ushbu shahar bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Muzey xodimi bilan bо‘lgan muloqat jarayonida kursantlar Sergey Yesenin ijodiga Sharq she’riyatining ta’siri haqida qо‘shimcha ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. Bundan tashqari, ular taniqli shoiri Erkin Voxidov tomonidan о‘zbek tiliga tarjima qilingan Yeseninning qator asarlari bilan ham tanishdilar.

Mazkur tadbir kursantlarning rus va о‘zbek she’riyati sohasidagi bilimlarini boyitdi, ularning mutoala madaniyatini oshirdi hamda she’riyat tiliga bо‘lgan qiziqishini uyg‘otdi.

Feruza Mannanova,
GvaIIF kafedrasi katta о‘qituvchisi.

http://ipb.uz/ru/post/jklfjgh